Shoir bu adabiyot degani...

Bugun Respublika yosh ijodkorlar kengashining bir guruh aʼzolari hamda Buxoro viloyatidan kelgan adabiyotga ixlosmand yoshlar taniqli rus shoiri Seryey Yeseninning Toshkentdagi uy-muzeyiga ijodiy safar uyushtirdilar.

“ Shoir bu adabiyot degani, adabiyot degani bu millat deganidir. Shunday ekan, biz shoirlarimiz, nosirlarimiz, umuman sanʼat ahliga yuksak ehtiromda boʻlishimiz kerak”, dedi muzey ilmiy xodimi Boris Anatolyevich Golender. Albatta, bu kabi ijodiy safarlar hali koʻp davom etadi. Keyingi safar manzili Kengashning rasmiy kanalida eʼlon qilinadi.