Yosh ijodkorlar kengashi Sirdaryoda

Sirdaryoda kitob mutolaasini keng targ‘ib etish maqsadida yoshlar vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda Respublika yosh ijodkorlar kengashi raisi Mehrinoz Abbosova ishtirok etdi va kengash faoliyati, yosh ijodkorlarning chop etilgan kitoblari bilan yig‘ilganlarni yaqindan tanishtirdi.