"OROLDAGI ODAMLAR" LOYIHASIGA START BERILDI

       Respublika yosh ijodkorlar Kengashi orolboʻyi hayot tarzini yoritib beruvchi - “Oroldagi odamlar” (Orol: bahor, yoz, kuz) badiiy-ijtimoiy loyihasi doirasida ijodkorlar oʻrtasida ijodiy tanlov eʼlon qiladi! 
          Qadim Qoraqalpoq oʻlkasini, Orol dengizini oʻz koʻzingiz bilan koʻrishni, orolboʻyi aholisi xonadonlarida bir hafta mobaynida yashab, ularning turmush-tarzini, urf-odatlarini oʻrganib asar yaratishni istaysizmi?! Qoraqalpoq xalqining qadim rivoyatlari, asori-atiqalari bilan tanishish imkoniga ega boʻlishni-chi?! 
Unday boʻlsa ushbu loyiha aynan siz uchun!  
Loyihamizda ishtirok etishni istagan ijodkorlar: 
       -sheʼriyat yoʻnalishi boʻyicha –5ta sheʼr, 2ta esse; 
       -publitsistika yoʻnalishi boʻyicha – matbuotda eʼlon qilingan ijtimoiy-badiiy, ekologik masalalar yoritib berilgan 5ta maqola; 
       -nasr yoʻnalishida– 5ta hikoya; 
       -dramaturgiya yoʻnalishida – 5ta drama; 
      -tasviriy sanʼat yoʻnalishida – manzara janri va hayot tarzi aks etgan 5ta surat; 
       -fotografiya yoʻnalishida -manzara janri va hayot tarzi aks etgan 5ta ijodiy ishlarini va 
        pasport nusxasi (yashash manzili bilan); 
kontakt maʼlumotlarini ilova qilishlari zarur!) 
Ijodiy ishlaringizni 15 martdan 31martga qadar +99895 4757572 telegramm raqamiga yuborishingiz mumkin! 
Tanlovda 18 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan ijodkorlar ishtirok etishlari mumkin. 
Gʻoliblar 15 aprelda yoshijodkor.uz saytida eʼlon qilinadi!