Bir guruh yosh ijodkorlar "Dunyo yosh turk yozuvchilari uyushmasi" a'zoligiga qabul qilinadi

 

Alisher Navoiy nomidagi oʻzbek tili va adabiyoti universitetida Ozarbayjonning taniqli shoiri, Dunyo yosh turk yozuvchilari uyushmasi raisi Akbar Qoʻshali hamda Bakudagi ilmiy- tadqiqot instituti folklorshunos olimi Ali Shomil bilan ijodiy uchrashuv tashkil qilindi.

Respublika yosh ijodkorlar kengashi tomonidan oʻtkazilgan uchrashuvda Ozarbayjonlik ijodkorlar bilan bir qatorda taniqli shoira Xosiyat Rustamova, gʻazalnavis shoira Dilorom Ergasheva hamda Ijodkorlar kengashi raisi Mehrinoz Abbosovalar ishtirok etishdi.

Ali Shomil oʻzbek sanʼatshunosligi va adabiyoti boy tarixga ekanini va bu tarix davomli boʻlajagini aytib, Termiz shahrida oʻtkazilgan baxshichilik festivali xotiralarini yigʻilganlarga soʻzlab berdi.

Shundan keyin shoir Akbar Qoʻshali soʻzga chiqib oʻzbek sheʼriyatiga mehri beqiyosligini,ayniqsa oʻzbek yosh shoirlarning ijodi uni quvontirayotganini aytdi va yigʻilganlarga oʻz sheʼrlaridan oʻqib berdi. Maʼlum boʻlishicha Oʻzbekistonlik ikki yosh shoir Mirzohid Muzaffar va Shahriyor Shavkatlar Dunyo yosh turk yozuvchilari uyushmasi aʼzoligiga qabul qilingan. Yaqin orada yana bir guruh yosh ijodkorlar uyushma aʼzoligiga qabul qilinishi rejalashtirilgan.

Tadbir Xosiyat Rustamova va Dilorom Ergashevalarningning sheʼrlari bilan yanada koʻtarinki ruhda davom etdi. Mushoirada yosh ijodkorlar ham oʻz ijod namunalari bilan ishtirok etishdi.

Tadbir soʻngida Ozarbayjondan kelgan mehmonlarga esdalik sovgʻalari topshirildi.